date

Yaponiyada 67 ta mashina to‘qnashgan trassa 1,5 kunda qayta ochildi

Yaponiyada 67 ta mashina to‘qnashgan trassa 1,5 kunda qayta ochildi

Yaponiyada 67 ta avtomobil ishtirokida yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasidan so‘ng Kan’esu tezyurar trassasida harakat qisqa muddat ichida tiklandi. Yo‘l qismi qariyb 38 soat — bir yarim sutkadan ortiq vaqt davomida yopiq holatda qolgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariya katta yuk mashinasi burilishdan keyingi nishabda sirg‘anib ketishi ortidan boshlangan. Uning ortidan kelayotgan yengil avtomobillar birin-ketin to‘qnashib, zanjirsimon YTH yuzaga kelgan.

Fojia oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 26 nafar fuqaro turli darajada jarohat olgan. Kuchli to‘qnashuv va yonilg‘i oqib chiqishi sabab kamida 20 ta avtomobil yonib ketgan.

Favqulodda xizmatlar qisqa vaqt ichida vayron bo‘lgan transport vositalarini olib chiqish, yo‘l qoplamasini tozalash va xavfsizlikni tiklash ishlarini olib bordi. Natijada, trassada harakat belgilangan muddatdan tezroq qayta yo‘lga qo‘yildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada 67 ta mashina to‘qnashgan trassa 1,5 kunda qayta ochildi