date

AQSH Nikolas Maduro va rafiqasini narkoterrorizm hamda kokain kontrabandasida aybladi

AQSH Nikolas Maduro va rafiqasini narkoterrorizm hamda kokain kontrabandasida aybladi

AQSH rasmiylari Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning turmush o‘rtog‘i Siliya Floresga nisbatan ayblov e’lon qildi. AQSH bosh prokurori Pэм Bondi ma’lumotiga ko‘ra, ularga narkoterrorizm, kokain kontrabandasi, qurol saqlash hamda AQSHga qarshi pulemyot va portlovchi qurilmalarga egalik qilishni ko‘zlagan fitnada ishtirok etish bandlari bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Ayblovlar Nyu-York shtatining Janubiy okrugi sudida rasmiylashtirilgan. Bondi so‘zlariga ko‘ra, juftlik yaqin vaqt ichida “Amerika hududida, Amerika sudlarida AQSH adliyasining to‘liq kuchi” qarshisida javob beradi.

U, shuningdek, mas’uliyat talab qilish borasidagi qat’iy pozitsiyasi uchun prezident Donald Trampga minnatdorlik bildirgan va AQSH qurolli kuchlari Maduro hamda Floresni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tkazganini ta’kidlagan. AQSH tomoni bu ishni xalqaro miqyosda gumon qilinayotgan narkosavdogarlar bo‘yicha eng yirik qo‘lga olish holatlaridan biri sifatida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3-yanvarga o‘tar kechasi AQSH Venesuela poytaxti Karakasdagi bir nechta obyektlarga, jumladan aviabaza va harbiy bazalarga zarba bergani haqida xabarlar tarqalgan. Donald Tramp “keng ko‘lamli operatsiya” o‘tkazilganini tasdiqlab, Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olingani hamda mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qilgan.

Yevropa Ittifoqi esa vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatayotganini bildirib, Maduro hokimiyatining yetarli darajada legitim emasligi haqidagi avvalgi pozitsiyasini saqlab qolayotganini qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Nikolas Maduro va rafiqasini narkoterrorizm hamda kokain kontrabandasida aybladi