Yevropa Ittifoqi Venesuela atrofidagi vaziyatda tiyilishga chaqirdi

Yevropa Ittifoqi Venesuela bilan bogʻliq vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini bildirdi. Shu bilan birga, Bryussel avvalgi pozitsiyasini takrorlab, mamlakat prezidenti Nikolas Maduroning legitimligi yetarli emasligi haqidagi qarashda qolayotganini maʼlum qildi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bu fikrlarni AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan maslahatlashuvlar yakunida aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, u Rubio hamda YI ning Karakasdagi elchisi bilan gaplashgan va vaziyat YI nazoratida.
Kallas YI ilgari ham bir necha bor Maduroning “yetarli legitimligi yoʻqligi”ni taʼkidlaganini eslatib, xalqaro huquq hamda BMT Nizomi tamoyillariga rioya etishga chaqirdi. U barcha tomonlardan vazminlik kutilayotganini, har qanday qadam xalqaro meʼyorlar doirasida boʻlishi shartligini urgʻuladi.
Brusseldagi TASS manbasi esa AQSH Venesuela bo‘yicha rejalaridan YI va NATO mamlakatlarini xabardor qilmaganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, CBS manbalariga ko‘ra, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi AQSHning Delta Force maxsus bo‘linmasi tomonidan qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilgan. Bu xabarlar qator davlatlar va xalqaro tashkilotlarning keskin munosabatiga sabab bo‘lib, vaziyat keskinlashishi va xalqaro huquq buzilishi ehtimoli yuzasidan xavotirlar bildirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!