12:05 / 18.02.2017
7 143

XKS fazoda xitoy karamining ilk hosilini yig‘ib oldi

XKS fazoda xitoy karamining ilk hosilini yig‘ib oldi

Xalqaro kosmik stansiyasi ekipaji xitoy karamining ilk hosilini yig‘ib olganligi haqidagi AQShning NASA agentligi bergan xabarni Kun.uz ma’lum qiladi. Bir necha barglarga ega oltita karamdan iborat hosilni bort-injener Peggi Uitson yig‘ib olgan. U fazoga etib kelishi bilan boshqa vazifalari qatori «dehqonchilik» bilan ham shug‘ullana boshlagan edi. NASAga ko‘ra, ekipaj o‘simlikdan tatib ko‘radi, ammo hosilning katta qismi Erga yuboriladi.

Tokyo Bekana navli karam urug‘i 2016 yil aprel oyida XKSga olib kelingan edi. Dastlab, olti dona urug‘ning hech biri o‘smagan, bunga namlikning etarli bo‘lmagani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Loyiha rahbarining aytishicha, Uitson kelgach vaziyat o‘zgargan.

Gravitasiya sharoitida sabzavotlar etishtirish loyihasi kelgusida ekipaj a’zolarining taomlari qatorini kengaytirish hamda uzoq davom etadigan muqobil parvozlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilmoqda. NASAning qayd etishicha, bu turli sabzavotlardan yig‘ilgan beshinchi hosildir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » XKS fazoda xitoy karamining ilk hosilini yig‘ib oldi