13:19 / 19.02.2017
6 803

AQShning sobiq prezidentlari nimalar bilan shug‘ullanadi?

AQShning sobiq prezidentlari nimalar bilan shug‘ullanadi?

AQShning barcha prezidentlari ertami-kechmi bir savolga javob berishlariga to‘g‘ri keladi: Oq uyni tark etgach, nima bilan shug‘ullanish kerak?.. Barak Obama hozircha bu savolga javob izlamayotgan ko‘rinadi, u prezidentlikdan ketishi bilan ta’tilga ravona bo‘ldi. Uni britaniyalik milliarder Richard Brenson shaxsiy orolida bajonidil mehmon qildi. Har holda, Obama bekor qolib ketmasa kerak, shug‘ullanish uchun o‘ziga loyiq nimadir topadi, deb yozadi Hilol.uz.


Jorj Bush-kichik – rassom

AQShning 43-prezidenti 2009 yilning yanvarida nafaqat Oq uyni, balki Vashington shahrini ham tark etdi. U dam Dallasdagi uyida, dam Texasdagi ranchosida vaqt o‘tkazishni ma’qul ko‘rdi.

Sobiq prezident har kuni tasviriy san’at bo‘yicha dars ola boshladi. U Vladimir Putin, Toni Bler, Dalay Lama va o‘zining kuchuklarining portretlarini chizgan.

Kichik Jorj Bush siyosatdan dam olish niyatida 40 yoshida qo‘liga mo‘yqalam tutgan Uinston Cherchilldan ilhom olgan bo‘lsa ajab emas.

“Jannatga tushganimda, ilk million yilimning aksarini rasm chizish bilan o‘tkazib, nihoyat bu ishning uddasidan chiqmoqchiman”, – degan edi Cherchill.

Jorj Bush esa Cherchill kabi sabrli chiqmadi. “Ichimda haqiqiy Rembrand yashaydi. Uni topish – sizning vazifangiz”, – dedi sobiq prezident.


Teodor Ruzvelt – ovchi

Teodor Ruzveltning ayiqni otishni istamagani haqidagi hikoya mashhur bo‘lsa-da, 1909 yilda AQShning 26-prezidenti o‘g‘li Kermit bilan birga ov ekspedisiyasi uchun Afrikaga yo‘l oldi va bir yilini “qora qit’a”da o‘tkazdi.

Ekspedisiya davomida unga ikki yuzdan ortiq hammollar hamda Smitson institutining olimlari hamrohlik qildi.
Ular butun Afrikani aylanib, 11 mingdan ortiq jonivorni, jumladan, fillar, begemotlar, ilonlar, zebralar va maymunlarni otib o‘ldirdi. Bu hayvonlarning jasadi ilmiy tadqiqotlar uchun Amerikaga jo‘natildi.

1913 yilda sobiq prezident o‘g‘li bilan birga yana bir ekzotik sayohatga yo‘l oldi. Bu safar Rio-da-Duvida – Shubha daryosining manbasini topishni istagan braziliyalik davlat arbobi Kandidu Rondonning ekspedisiyasiga qo‘shildi. Mazkur ekspedisiyadan keyin Braziliyadagi Shubha daryosi Ruzvelt daryosi deya atala boshladi.


Benjamin Xarrison – o‘z jiyanining eri

Teodor Ruzvelt o‘zidan avvalgi prezident – 1889-1893 yillarda AQShni boshqargan Benjamin Xarrison haqida umuman yaxshi fikrda emas edi. Uni “indianapolislik sovuqqon, tor fikrlaydigan, oyat kuylaydigan siyosatchi” deb atagan edi.
Bu xususiyatlarning hech biri AQShning 23-prezidentiga o‘zidan 25 yosh qizga, ustiga-ustak, o‘z jiyaniga uylanishiga xalaqit qilmadi.

Xarrisonning birinchi xotini 1892 yilda sil kasalligidan vafot etgan edi. Oradan to‘rt yil o‘tib, u jiyani Meri Dimmikka uylandi. Allaqachon voyaga etgan Xarrisonning frazandlari bu to‘yga kelmadi.


Jorj Vashington – viski ishlab chiqaruvchisi

AQShning birinchi prezidenti lavozimdan ketgach atigi ikki yil yashadi va bu vaqtni viski ishlab chiqarish bilan o‘tkazdi.
1799 yili Vashington o‘lganida uning Virjiniyadagi zavodi yiliga 50 ming litrga yaqin viski ishlab chiqarayotgandi. O‘sha payt AQShda bunday yirik zavod yo‘q edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning sobiq prezidentlari nimalar bilan shug‘ullanadi?