Avstraliyada mototsiklchini tez yurar poezd bosib ketishiga bir bahya qoldi (Video)

Avstraliyada mototsiklchini tez yurar poezd bosib ketishiga bir bahya qoldi (Video)
Avstraliyada motosiklchini tez yurar poezd bosib ketishiga bir bahya qoldi (Video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Avstraliyada tez yurar poezdlardan biri tasodifan rels ustiga chiqib qolgan mototsiklchini bosib ketishiga bir bahya qolgani aks etgan video paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Voqea Ballan shahri yaqinida yuz berdi. Temiryo‘l yoqasida turgan motosiklchi rels ustiga chiqib qolgan, uning mototsikli temir yo‘l ko‘tarmasiga qisilib qolgan. U mototsiklni chiqarishga uringaniga qaramay, foydasi bo‘lmagan. Poezd mashinisti Kolin Sharpning aytishicha, tez yurar yo‘lovchi poezdi soatiga 160 kilometr tezlikda harakat qilgan.

Videoda mototsiklchini ogohlantirish uchun poezdning gudok berganini eshitish mumkin. Sharp mazkur videoni barcha qonunbuzarlarga ibrat uchun ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganligini, motosiklchi o‘tmoqchi bo‘lgan joydan 50 metr narida o‘tish joyi borligini ma’lum qildi.
[media=https://youtu.be/hDe-uSrKnC8]

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar