22:32 / 19.02.2017
6 048

Dubayda Tramp nomli golf-klubning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Dubayda Tramp nomli golf-klubning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

BAAdagi elita ko‘chmas mulkini qurish bilan shug‘ullanuvchi etakchi Damac Properties kompaniyasi o‘zining Dubaydagi Damac Hills loyihasida Trump International Golf Club Dubai'ni rasman ochiq deb e’lon qildi. Bu haqda "TradeArabia"ga tayanib "Kun.uz" xabar berdi.

Golf-klubning ochilish marosimida nufuzli mehmonlar, shu jumladan AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning o‘g‘illari - Trump Organization ijrochi vise-prezidenti Erik Tramp va kenja Donald Tramp ishtirok etishdi.

Trump International Golf Club Dubai inshooti Sheikh Zayed Road'dan 10 daqiqalik masofada joylashgan bo‘lib, 42 million kvadrat fut maydondagi loyihaning qoq markazini egallagan.

Manbada ta’kidlanishicha, golfning yangi maydoni kutilganidan-da a’lo chiqqan. U golf maydonlarini yaratish bo‘yicha dunyoga mashhur Gil Xanz tomonidan loyihalashtirilgan. 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari ob’ektlari loyihasi ham shu inson tomonidan yaratilgan.

Damac Properties raisi Husayn Sajvoniy ochilish marosimida so‘zga chiqar ekan, shunday dedi: "Bu xalqaro golf maydoni hozirgina dunyoning eng nufuzli golf maydonlariga qatoriga qo‘shildi".

"Bu Dubaydagi ko‘p sonli diqqatga sazovor joylar safini to‘ldirib turuvchi yana bir ajoyib maskandir", - qo‘shimcha qildi u.

Tramp esa, o‘z o‘rnida shunday dedi: "Biz Dubaydagi bunday muhim hodisaning bir qismi ekanimizdan juda xursandmiz. Dubaydagi Trump International Golf Club- bizning butun dunyodagi 18 nufuzli golf maydonidan iborat kolleksiyamizni to‘ldirib turadi".

U Damac Properties bilan hamkorligidan faxrlanishini qo‘shimcha qilgan.

Trump International Golf Club ochilishi munosabati bilan katta mushakbozlik bo‘lib o‘tdi.

Damac Hills 4 mingdan ortiq hashamatli villa va 7,5 ming turar joy, golf maydoni, shuningdek mehmonxona, ajoyib do‘konlar, spa - va velnes-markazlar, ko‘ngilochar maskanlar, restoran va kafelardan iyuborat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda Tramp nomli golf-klubning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi