
Singapurda O‘zbekiston va «O‘zbekiston havo yo‘lari» Milliy aviakompaniyasi haqidagi maxsus veb-sahifa (www.flyuzbek.com) ishga tushirildi, deb yozadi Vodiymedia.uz sayti.
Internet-manbada O‘zbekiston, uning madaniyati, tarixi, an’analari, me’morchiligi, tabiati, milliy taomlari hamda shaharlari va mintaqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilgan, deb yozadi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Har bir bo‘lim O‘zbekistonning turistik jozibadorligini aks ettiruvchi yorqin fotosuratlar bilan boyitilgan.
Portal orqali «O‘zbekiston havo yo‘lari» MAK samolyotlarining uchish xaritasi, aviachiptalarni sotib olishda taklif qilinadigan qulayliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish, shuningdek MAKning Singapurdagi bosh agenti «Aeroworld Aviation»ga Singapur, Malayziya va Indoneziya hududlarida zarur yordam olish uchun murojaat qilish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar