6 474
Saudiya Arabistoni: Qanday qilib bizni yo‘q qilishni istaydiganlar bilan ishlashimiz mumkin?
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubeyr ma’lum qildiki, Eron o‘z harakatlari va prinsiplarini o‘zgartirishi kerak.
«Qanday qilib bizni yo‘q qilishni istaydiganlar bilan ishlashimiz mumkin? Eron o‘z harakatlari va prinsiplarini o‘zgartirmas ekan, bunday davlat bilan ishlashimiz juda qiyin bo‘ladi», — deya vazirning so‘zlarini keltirgan Kun.uz.
Myunxen konferensiyasidagi chiqishi vaqtida u Eron — Yaqin Sharq hududida IShIDning ham, «Al-Qoida»ning ham hujumiga uchramay kelayotgan davlat ekaniga e’tibor qaratgan.
Vazir rasmiy Tehronni Suriya prezidenti Bashar Asadni va Yamandagi husiychilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat Eronning harakatlarini to‘xtatish choralarini ko‘rmog‘i lozim.
Bundan oldinroq Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida so‘zlagan nutqida Eronning yadroviy dasturi tinchlikparvarlikka asoslanganini ta’kidlagani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»