Tailandda kran poyezd ustiga qulab, 22 kishi halok bo‘ldi

Tailandning Naxon Ratchasima provinsiyasida 14 yanvar kuni sodir bo‘lgan halokatda 22 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Hodisa poytaxt Bangkokdan shimoli-sharqda joylashgan hududda yuz berdi. Tezyurar temiryo‘l tarmog‘i qurilishi davomida ishlatilayotgan kran poyezd ustiga qulab tushdi. Natijada poyezd relsdan chiqib ketib, yong‘in boshlangan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 30 dan ortiq odam turli darajadagi tan jarohatlarini olgan. Hodisa joyiga yetib borgan politsiya va qutqaruvchilarning aytishicha, hali ham qutqaruv ishlari davom etmoqda va hodisa sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Bu fojia Tailanddagi temiryo‘l infratuzilmasi qurilishi jarayonida yuzaga kelgan birinchi halokat emas, ammo uning oqibatlari juda og‘ir bo‘ldi. Fojia joyidagi odamlar hayotini saqlab qolish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!