Tabrizda komendantlik soati: fuqarolarga chiqish taqiqlandi

Eronning Tabriz shahrida harbiy holat joriy etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda fuqarolarga soat 20:00 dan keyin ko‘chaga chiqish qat’iy taqiqlangan.
Bu haqda Azad Iran Telegram-kanali xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Tabrizdagi Katta bozor, shuningdek, asosiy oziq-ovqat do‘konlari faoliyati to‘xtatilgan. Ayrim kichik savdo shoxobchalari belgilangan vaqtlarda ishlayotgan bo‘lsa-da, aholining birinchi ehtiyoj tovarlariga yetib borishi cheklangan.
Qayd etilishicha, Eron milliy valyutasi — rialning keskin qadrsizlanishi ortidan mamlakatda norozilik namoyishlari avj olgan. Ushbu chiqishlarni bostirish maqsadida, xabarlarga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari o‘qotar qurollardan foydalangan.
Aynan shu vaziyat sabab Tabriz shahrida komendantlik soati joriy etilgani aytilmoqda. Shu bilan birga, AQSH tomonidan ehtimoliy havo zarbalari berilishi xavfi ham cheklovlarni kuchaytirish sabablaridan biri sifatida tilga olinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!