Gibraltarda ushlab turilgan, rossiyalik milliarder Andrey Melnichenkoning megayaxtasi unga qaytariladigan bo‘ldi. Bu haqda Forbes nashriga asoslanib Ku.uz ma’lum qildi.
"Bu yoqimsiz holat yakunlandi. Elkanli yaxta "A" egasining loyihaviy jamoasiga qaytarildi va yaqin orada Gibraltarni tark etadi", dedi vakil.
Yaqindagina suvga tushirilgan 8 palubali Sailing Yacht A yaxtasi Melnichenko uchun Germaniyaning Nobiskrug verfida qurilgan. Aynan verfning da’vosi bo‘yicha kema ushlangan. Verfning ta’kidlashicha, u yaxta egasi Valla Yachts Limited’dan qilingan ishlar uchun oxirgi 9,8 mln evrolik to‘lovni olmagan.
Milliarder vakilining bu holatga izoh berishicha, bunday katta ko‘lamdagi loyihalarda "ba’zida hal qilinmagan masalalar qoladi. Kompaniya 27 yanvargacha talab qilgan 9 mln evrolik summa yaxta egasi va verf o‘rtasida davom etayotgan bahsning bir qismi bo‘lgan".
Nobiskrug talab qilgan umumiy summa 15,3 mln evroni tashkil qiladi, bunda asosiy qarzdan tashqari boshqa moddalar bo‘yicha 2,6 va 2,9 mln evrolik qo‘shimcha qarz ham bor. Kema Gibraltarga yonilg‘i quyish uchun borgan.
Yaxta 8 palubadan iborat bo‘lib, uning machtalari balandligi 100 metrdan ko‘proq. Kema dizel va elektr dvigatellar hisobiga, elkanni ishlatmasdan soatiga 20 uzel (37 km) bilan harakatlana oladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»