17:31 / 26.02.2017
7 298

Olimlar Arktika faunasi va florasi o‘zgarishi oqibatlaridan ogohlantirishdi

Olimlar Arktika faunasi va florasi o‘zgarishi oqibatlaridan ogohlantirishdi

Global isish Arktika hududining o‘simlik va hayvonot dunyosida jiddiy salbiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Kaliforniya universiteti olimlari ma’lumotiga tayanib Kun.uz yozmoqda.

«Bugunning iqtisodi» portalida xabar qilinishicha, olimlarning ko‘pyillik kuzatuvlari shuni ko‘rsatdiki, bahorda muz qatlami yupqalashishi bir qator o‘simliklarni barvaqt uyg‘onishiga olib keladi, bu esa bunday o‘simliklar bilan oziqlanuvchi jonzotlar hayotiga ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, biologik vaqtdagi bunday o‘zgarish keyin to‘g‘rilab bo‘lmaydigan boshqa oqibatlarga olib keladi.

Bundan oldinroq okeanlarni tadqiq qilish markazi (GEOMAR) dunyo okeanida kislorod hajmi keyingi 50 yil ichida 2 foizga kamayganini qayd etishgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar Arktika faunasi va florasi o‘zgarishi oqibatlaridan ogohlantirishdi