
Turkiyaning Diyorbakir viloyatidagi temiryo‘lda bombaning ishga tushishi natijasida portlash sodir bo‘ldi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.
Ma’lum qilinishicha, portlash yuk poezdi o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Natijada 10 ta vagon ag‘darilib ketgan.
Taxminlarga ko‘ra, mazkur vaziyat natijasida jabrlanganlar ham, qurbonlar ham yo‘q. Voqea sodir bo‘lgan joyga tez yordam mashinalari yuborilgan.
Xabar qilinishicha, bomba Sur tumanidagi Karpuzlu qishlog‘i yaqinidan o‘tuvchi temir yo‘l ostiga o‘rnatilgan bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing