16:20 / 01.03.2017
6 415

IShIDning kuni bitdi: Tashkilot rahbari mag‘lubiyatni tan oldi

IShIDning kuni bitdi: Tashkilot rahbari mag‘lubiyatni tan oldi

IShID terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘z tarafdorlariga xayrlashuv nutqi yo‘lladi. U oxirgi oylardagi jangovar harakatlar oqibatida tashkilot yengilganini tan olib, jangarilarni tog‘li hududlarga ketib yashirinishga chaqirgan. Bu haqda Alsumaria telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

"Al-Bag‘dodiy o‘z vidolashuv nutqida tashkilotning hozirgi holati haqida gapirgan. U jangarilar Naynavada va Iroqning boshqa hududlarida mag‘lub bo‘lishgani haqida gapirgan", degan manba.

Bundan oldingi xabarlarda Al-Bag‘dodiy Mo‘sulning g‘arbiy qismidan chiqib ketgani ma’lum qilingandi.

Biroz oldinroq, Iroq qo‘shinlari Mo‘sulni tashqi dunyo bilan bog‘lab turgan oxirgi yo‘lni egallashgani ma’lum bo‘ldi va shahar ichkarisida qolgan jangarilar hamda harbiy texnikalarning shahardan olib chiqilishiga imkon qolmadi.

Mo‘sul IShIDning Iroqdagi norasmiy poytaxti hisoblanar, shuningdek, jangarilarning Iroq hududidagi oxirgi tayanch shahri bo‘lib qolayotgandi. Bu shaharni ozod etish uchun quruqlikdagi harbiy yurish o‘tgan yilning 17 oktyabridan buyon olib borilmoqda. Iroq armiyasi, shia bo‘linmalari, kurd lashkarlaridan tashqari, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya samolyotlari ham bu yurishda ishtirok etmoqda.

Iroq qo‘shinlari Mo‘sulning sharqiy qismini 17 yanvar kuni ozod etishgandi. 24 fevral kuni Iroq hukumati shaharning g‘arbiy qismini egallash uchun yurish boshlagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » IShIDning kuni bitdi: Tashkilot rahbari mag‘lubiyatni tan oldi