Kemerovolik biznesmen uyining garajida otib o‘ldirildi

Kemerovolik biznesmen uyining garajida otib o‘ldirildi
Kemerovolik biznesmen uyining garajida otib o‘ldirildi

Rossiyaning Kemerovo shahrida yashovchi 39 yoshli tadbirkor uyining garajida otib o‘ldirildi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Tergov boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, voqea kecha kechqurun Kemerovo shahrining Zavod tumanida ro‘y bergan. Biznesmen mashinasini garajga qo‘yayotganda trevoga tugmachasini bosgan. Zudlik bilan yetib kelgan Rosgvardiya naryadi xodimlari garajdan boshi va bo‘ynidan o‘q yegan biznesmenning jasadini topishgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, u Makarov to‘pponchasidan otib o‘ldirilgan. O‘ldirilgan tadbirkor viloyat markazida elektr tovarlarini sotish bilan shug‘ullangan. Mazkur fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar