ZAES atrofida kelishmovchilik: Moskva AQSH taklifini rad etdi

Moskva Ukrainadagi mojaroni bartaraf etish bo‘yicha AQSH tomonidan ilgari surilgan Zaporoje atom elektr stansiyasini (ZAES) Amerika nazoratiga o‘tkazish taklifiga qarshi ekanini bildirdi.
Bu haqda Reuters axborot agentligi manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, Vashington tomonidan taklif etilgan rejaga ko‘ra, Zaporoje atom elektr stansiyasi AQSH nazorati ostiga o‘tkazilishi hamda u yerda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Rossiya va Ukraina o‘rtasida teng taqsimlanishi nazarda tutilgan.
Biroq manbalarning ta’kidlashicha, Rossiya ushbu obyekt faqat Moskva nazoratida qolishi lozimligini qat’iy talab qilmoqda. Shu bilan birga, Ukraina tomoni ham mazkur tashabbusni qabul qilib bo‘lmaydigan taklif sifatida baholamoqda.
Reuters manbalariga ko‘ra, hozircha hududiy masala ham ochiq qolmoqda. Ukraina tinchlik bitimi shartlari, jumladan, hududlarga oid bandni referendum orqali hal qilish niyatida ekanini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!