Hindistondagi yarmarkada fojia: attraksion qulab tushdi

Hindiston poytaxti Dehli shahri yaqinida joylashgan yarmarkada attraksion qulashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi. Fojia oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana 13 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari oldi.
Faridabad okrugi komissari Ayusha Sinxining ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan shaxs politsiya inspektori bo‘lgan. Attraksionning sinib tushgan qismi uning bosh va yuz sohasiga kelib tekkan. Og‘ir jarohatlar sabab inspektorning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Hodisa ortidan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Jarohat olganlarning ahvoli shifokorlar nazoratida ekani aytilmoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, attraksionni boshqargan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda voqea sabablari va texnik nosozliklar bor-yo‘qligi yuzasidan tergov olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!