Janubiy Koreyada harbiy vertolyot quladi

Janubiy Koreya Qurolli kuchlariga tegishli harbiy vertolyot mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Kyongido provinsiyasi, Kapxyon uyezdi hududida halokatga uchradi.
«Yonhap» axborot agentligining xabar berishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan kun davomida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parvozni amalga oshirayotgan vertolyot noma’lum sabablarga ko‘ra yerga qulagan.
Voqea oqibatida vertolyot bortida bo‘lgan ikki nafar shaxs turli darajada jarohat olgan. Ularga shifokorlar tomonidan tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.
Ayni paytda hodisa joyida tegishli xizmatlar ish olib bormoqda. Mutasaddi idoralar vertolyotning qulashiga nima sabab bo‘lganini aniqlash maqsadida tekshiruv ishlarini boshlagan.
Rasmiylar hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinishini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!