09:43 / 04.03.2017
6 102

Litva Rossiya bilan gibrid urushiga tayyorlanmoqda

Litva Rossiya bilan gibrid urushiga tayyorlanmoqda

Litva hukumati "agressor"ga qarshi oxirigacha kurashmoqchi, fuqarolar faollari esa "ko‘ngillilar bo‘linmalari"ni tashkil etmoqda. Bu haqda Sky News'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Sparks litvalik chegarachilar bilan suhbatda Rossiya bilan chegaralarda balandligi ikki metrlik devor barpo etilayotganidan xabar topgan. "O‘ylaymanki, odamlar o‘zlarini ko‘proq xavfsiz his qilishadi", — degan shartnoma bo‘yicha xizmat qiluvchi askar. Biroq, muxbir "Rossiya va uning ittifoqchisi Belarus shu qadar yaqin bo‘lgan bir vaqtda xotirjam bo‘lish" mumkinligini shubha ostiga qo‘yadi.

"Litvaliklar bugungi siyosiy vaziyatdan dovdirab qolishganki, ularning ko‘pchiligi urushga tayyorlana boshlashgan", — deb yozadi jurnalist.

Sparks Vilnyusda "Merganlar ittifoqi" a’zolari bilan uchrashgan. "A’zolarimiz soni tez sur’atlarda o‘smoqda. Uch yil muqaddam safimizda 50 kishi edi, hozirda ularning soni 3 mingdan ortadi", — deya hikoya qilgan yana bir ko‘ngillilar tuzilmasi faollaridan biri.

Sparksning qo‘shimcha qilishicha, "gibrid urushi" va Litvada joylashtirilgan nemis harbiylariga nisbatan fitna ehtimollari rasmiy Vilnyus tashvishiga sabab bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Litva Rossiya bilan gibrid urushiga tayyorlanmoqda