Inson har qanday sharoitda ham insonligicha qolishi, eng qiyin lahzalarda ham boshqalarga yordam berishi lozim. Ba’zi bir odamlar qo‘lidan ko‘p ish kelishiga qaramay, ko‘makka muhtoj odamni ko‘rib, o‘zini ko‘rmaganlikka oladi. Axir kimgadir ozgina bo‘lsa-da, yordam bersangiz, butun dunyo boyligini hadya etgandagidan ko‘ra ko‘proq quvonch va mehr-muhabbat ulashgan bo‘lasiz.
Xitoylik Yu Xukang rafiqasi bilan ajrashib, kasalmand, yurolmaydigan o‘g‘li bilan qoldi. Bolaning betobligini ko‘rgan yaqin oradagi maktablar uni o‘qishga qabul qilmadi. Yolg‘iz jigarporasini o‘qitib, bilimli qilishni orzu qilgan ota uni har kuni maxsus savatga solib, 29 kilometr yo‘lni piyoda bosib, maktabga olib boradi. Bolani maktabga qo‘yib, uyga qaytadi. Mashg‘ulotlari tugagandan keyin yana piyoda borib, savatga solgancha, uyga olib keladi. U farzandining o‘ksimasligini, tengdoshlaridan ortda qolmasligini, aqlli inson bo‘lib etishishini xohlaydi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»