16:51 / 05.03.2017
5 828

Iroq armiyasi Mo‘sul markaziga yurish boshladi

Iroq armiyasi Mo‘sul markaziga yurish boshladi

Iroq armiyasi ilg‘or bo‘linmalari IShID nazoratida qolayotgan Mo‘sul shahri markaziga yangi hujum boshladi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Amaliyotni o‘tkazayotgan birlashgan qo‘mondonlik matbuot xizmati rahbari general Yahyo Rasulning ma’lum qilishicha, shaharning janubiy va janubi-qismidan yurish boshlangan, shaharning tarixiy qismida janglar olib borilmoqda.

Shuningdek, shahar atrofidagi Al-Samud va Tal al-Ruman tumanlari hududlarida ham jang ketmoqda.

IShIDning Iroqdagi oxirgi tayanchi Mo‘sulni IShIDdan ozod etish uchun 2016 yil 17 oktyabrida keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlangandi. Shu yilning 18 yanvarida shaharning sharqiy qismi jangarilardan tozalandi. 24 fevral kuni shaharni butunlay ozod qilish uchun amaliyot qaytadan boshlandi.

1 mart kuni iroqlik harbiylar Mo‘sulni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi oxirgi yo‘lni egalladi va IShID shahar ichkarisidagi jangarilar va harbiy texnikasini olib ketish imkonidan mahrum bo‘ldi.

Xuddi shu kuni IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy tarafdorlariga murojaat qilib, mag‘lubiyat haqida e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroq armiyasi Mo‘sul markaziga yurish boshladi