date

Kanadadagi maktab hujumi ortida 18 yoshli jinsini o‘zgartirgan shaxs turgani ma’lum bo‘ldi

Kanadadagi maktab hujumi ortida 18 yoshli jinsini o‘zgartirgan shaxs turgani ma’lum bo‘ldi

10 fevral kuni Kanadada sodir bo‘lgan maktabdagi qurolli hujum oqibatida 9 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 27 kishi turli darajada jarohat oldi. Fojiadan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisa yuzasidan tergov olib bordi.

Mahalliy politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, hujumni amalga oshirgan shaxs 18 yoshli Jesse Van Rotselaar bo‘lgan. Rasmiylarga ko‘ra, u bir necha yil avval jinsini o‘zgartirgan. Shuningdek, uning ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolari bo‘lgani va shu sababli avval ham uyiga politsiya chaqirilgani qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, Jesse to‘rt yil oldin maktabni tark etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u hodisadan oldin o‘z uyida onasi va ukasining hayotiga zomin bo‘lgan.

Maktabdagi hujumdan so‘ng esa u o‘z joniga qasd qilgan. Hozirda tergov organlari hodisaning barcha sabab va omillarini aniqlash ustida ishlamoqda. Mutasaddilar jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilayotganini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kanadadagi maktab hujumi ortida 18 yoshli jinsini o‘zgartirgan shaxs turgani ma’lum bo‘ldi