14:53 / 07.03.2017
7 546

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Amudaryo bo‘ylab o‘tuvchi yangi temir yo‘l ko‘prigini ochishdi

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Amudaryo bo‘ylab o‘tuvchi yangi temir yo‘l ko‘prigini ochishdi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amudaryo orqali o‘tuvchi Turkmanobod-Farob yangi temir yo‘l ko‘prigini ochishdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi, deb yozadi Kun nashri.

Muhim voqea sharafiga katta bayram tadbiri o‘tkazilgan.

Yangi temir yo‘l ko‘prigining uzunligi 1750 metr bo‘lib, eng ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali qurilgan. Katta seysmik barqarorlikka ega va o‘ta og‘ir yuk poezdlarining o‘tishi hisobga olingan konstruksiyalardan foydalanildi. Ko‘prik ostidagi kema o‘tish joyining balandligi 10 metr, kengligi – 60 metrga teng.

Ko‘prik konstruksiyasi 18ta temir-beton tayanch ustunlariga ega. Diametri 1,5 metr bo‘lgan temir-beton qoziqlar tayanch ustunlariga tushadigan yuklamani bir xilda taqsimlaydi. Qoziqlar o‘tirindilardan himoyalash maqsadida shishapoliefirli trubalar bilan o‘raldi. Amudaryoning har ikki qirg‘og‘idagi temir yo‘l ko‘prigi radiusida qirg‘oqni mustahkamlovchi ishlar amalga oshirilgan.

Bugungi kunga qadar Amudaryo orqali temir yo‘l harakati 1901 yildan beri ishlatib kelingan ko‘prik orqali amalga oshirilardi. Shu sababdan Prezident Gurbanguli Berdimuxamedovning 2013 yilning 8 fevralidagi farmoyishi bilan yangi temir yo‘l ko‘prigini qurish haqida qaror qabul qilingan.

Muhandislik inshootini yaratishda, iqlim, tuproq, muhandislik-geologiya, gidrologiya va tektonik sharoitlar hisobga olindi. Yangi ko‘prik Turkmanistonning Lebap viloyati va qo‘shni mamlakatlar uchun katta geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Amudaryo bo‘ylab yangi ko‘prik orqali o‘tgan ilk yo‘lovchilarga aylanishdi. Poezd ikki davlat rahbarlari ishtirok etgan ochilish marosimidan keyin Amudaryo o‘ng qirg‘og‘iga yangi yo‘l o‘tkazgich Turkmanobod-Farob bo‘ylab yo‘l olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Amudaryo bo‘ylab o‘tuvchi yangi temir yo‘l ko‘prigini ochishdi