Germaniyaning shimoliy qismi ustidan uchayotgan yo‘lovchi samolyoti aloqaga chiqmay qo‘ygach, nemis hukumatida sarosima boshlandi. Air India aviakompaniyasiga tegishli samolyot aviadispetcherlarga javob bermay qo‘ygach, 5 ta atom elektrostansiyasida evakuasiya o‘tkazildi, deb yozadi Kun nashri.
Boeing 787 Dreamliner rusumidagi samolyot Vengriyadan Buyuk Britaniyaga reys amalga oshirayotgan bo‘lgan. Uning bortida 239 yo‘lovchi bo‘lgan. Samolyot Germaniyadan o‘tayotganda 22 daqiqaga aloqaga chiqmay qo‘ygan. Bu vaqt davomida samolyotni Chexiya, Germaniya va Belgiyaga qarashli harbiy samolyotlar navbatma-navbat kuzatib borishgan. Spiegel nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya harbiy-havo kuchlarining ikkita Eurofighter samolyoti uni Kyolngacha kuzatib borgan.
Germaniya hukumati samolyotni terrorchilar qo‘lga olgan deb xavotirlangan. Biroq oqibatda samolyotda aloqa bilan muammolar yuzaga kelgani aniqlangan. Bunga esa texnik nosozlik yoki qurilmadan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Brokdorf, Brunsbyuttel, Gronde, Lingen va Untervezer kommunalaridagi AESlar evakuasiya qilingan. Ayni vaqtda Brokdorfdagi AESdan tashqari boshqa stansiyalar yopilgan va ishlamayapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»