23:14 / 11.03.2017
6 387

Afg‘onistonda 2 polisiyachi 8 nafar hamkasbini otib tashladi

Afg‘onistonda 2 polisiyachi 8 nafar hamkasbini otib tashladi

Afg‘oniston janubi-sharqida kamida sakkiz nafar polisiyachi huquq-tartibot idorasining boshqa ikki xodimi hujumi tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar bermoqda, deb yozadi Kun.uz.

Mahalliy hukumat bu ma’lumotlarni tasdiqladi hamda hodisa juma kuni kechqurun Zabul viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktida yuz berganini xabar berdi. Viloyat gubernatori vakili Gul Islom Sayalning xabar qilishicha, hujum qilganlar o‘zlari bilan bir necha qurol-yarog‘larni olib ketishgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, bunday hujumlar turli guruhlar jangarilari bilan aloqador bo‘lgan huquq-tartibot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda 2 polisiyachi 8 nafar hamkasbini otib tashladi