date

Antarktika suvlarida ilk bor katta akula qayd etildi

Antarktika suvlarida ilk bor katta akula qayd etildi

Avstraliyalik olimlar ilk marta Antarktika atrofi suvlarida akulani tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. Yirtqich Janubiy Shetland orollari yaqinida, taxminan 490 metr chuqurlikda tadqiqot uskunasiga o‘rnatilgan kamera orqali qayd etilgan. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Ekspeditsiya ishtirokchisi — tadqiqotchi Alan Jeymisonning aytishicha, olimlar bu hududda akula uchrashini mutlaqo kutmagan.

— Ilgari Antarktikada akulalar yashay olmaydi, degan qarash mavjud edi. Ammo bu juda yirik, 3–4 metr atrofidagi akula bo‘lib chiqdi, — dedi u.

Ma’lum qilinishicha, mazkur akula 2025 yil yanvar oyidayoq tasvirga olingan, biroq ma’lumotlar endigina ochiqlandi. Olimlar taxminan qutb yoki “uyquchi” akula turiga mansub bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu yirtqichlar Antarktika chuqur suvlarida kam sonli populyatsiya sifatida yashashi ehtimolini istisno qilmayapti. Ular asosan kitlar va ulkan kalmarlar qoldiqlari bilan oziqlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Antarktika suvlarida ilk bor katta akula qayd etildi