date

Yaponiyada Parkinsonni davolovchi noyob doriga ruxsat berildi

Yaponiyada Parkinsonni davolovchi noyob doriga ruxsat berildi

Yaponiyada Parkinson kasalligini davolash uchun induksiyalangan plyuripotent ildiz hujayralari asosida yaratilgan dori vositasidan foydalanishga qisman ruxsat berildi. Bu haqda Kioto universiteti qoshidagi iPS-hujayralarni tadqiq etish va qo‘llash instituti ma’lum qildi.

Institut direktori Dzyun Takaxasi mazkur yutuqni tibbiyot sohasidagi ulkan qadam deb baholadi. Uning ta’kidlashicha, ushbu davolash usuli yaqin vaqt ichida ishonchli standartga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etiladi.

Yangi dori iPS-hujayralaridan yetishtirilgan asab hujayralarini o‘z ichiga oladi. Ular Parkinson kasalligiga chalingan bemor miyasiga transplantatsiya qilinadi.

2024 yil aprel oyida o‘tkazilgan klinik sinovlar bemorlar ahvolida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganini ko‘rsatdi. Mutaxassislar natijalarni umidbaxsh deb baholamoqda.

Dorini ishlab chiqargan Sumitomo Pharma kompaniyasi uni Amshepuri savdo belgisi ostida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirgan. Hujjatlar tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xuddi shunday hujayralar asosida ishlab chiqilgan ishemik kardiomiopatiyani davolovchi dori ham qisman ma’qullangan. Xabarda ta’kidlanishicha, har ikki dori vositasi hozircha dunyoda yagona hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada Parkinsonni davolovchi noyob doriga ruxsat berildi