11:47 / 15.03.2017
6 129

Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda

Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Suriya bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi kuniga start berildi, deb yozmoqda Kun nashri.

Rixos mehmonxonasiga Rossiya va Eron delegasiyalari tashrif buyurishib, maslahatlashuvlarni boshlashgan.

Tushlikkacha ikki tomonlama turli uchrashuvlar o‘tkaziladi, tushdan keyin kafolat davlatlarning uch tomonlama uchrashuvlari boshlanadi.

Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha bu uchrashuvda Suriya qurolli muxolifati vakillari ishtirok etmayapti.

Bundan oldinroq Suriya muxolifati kechikib bo‘lsada Ostonaga kelsa, 14-15 mart kunlariga belgilangan muzokaralarning uchinchi raundi uzaytirilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda