date

Sxipxol aeroportida KLMning ikki samolyoti to‘qnashdi — rasmiy xabar

Sxipxol aeroportida KLMning ikki samolyoti to‘qnashdi — rasmiy xabar

Amsterdamdagi Sxipxol aeroporti hududida KLM aviakompaniyasiga tegishli ikki havo kemasi ishtirokida hodisa yuz berdi. Bu haqda ANP axborot agentligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea vaqtida samolyotlardan biri harakatsiz holatda bo‘lgan. Ikkinchi samolyot esa evakuator yordamida surilayotgan paytda unga urilib ketgan.

Ayni damda hodisaning barcha jihatlari o‘rganilmoqda. Mutaxassislar har ikki samolyotni ham to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazishmoqda.

KLM vakilining bildirishicha, kompaniya tegishli idoralar bilan hamkorlikda hodisa sabablarini aniqlamoqda va samolyot xizmatga qaytarilishidan oldin sinchkov tekshiruv o‘tkaziladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, reyslardan biri Afina shahriga uchib ketishi rejalashtirilgan bo‘lgan. Ikkinchi samolyot esa biroz oldin Birmingemdan qo‘nib kelgan.

Hodisadan keyin har ikki samolyotda bo‘lgan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari darvozalarga qaytarilgan. Aviakompaniya barcha yo‘lovchilar zudlik bilan muqobil reyslarga qayta bron qilinganini tasdiqladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Sxipxol aeroportida KLMning ikki samolyoti to‘qnashdi — rasmiy xabar