Xitoy hukumati 2021 yilga kelib fazoviy nurlanishni tadqiq qilish uchun yirik observatoriyani qurish niyatida. U Sichuan viloyati hududida joylashadi hamda mamlakatga galaktikalar (Quyosh sistemasini o‘z ichiga olgan yulduzlar tizimi, Somon yo‘li) shakllanishi tarixi va koinotdagi o‘zgarishlarni batafsil o‘rganish imkonini beradi. Bu haqda China Daily gazetasiga tanib Kun.uz xabar berdi.
Loyiha rivojlanish va islohotlar ishi bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan ma’qullandi, unga 1,2 mlrd yuan (180 million dollar) mablag‘ ajratish mo‘ljallanmoqda. Observatoriya dengiz sathidan 4,4 ming metr balandlikda joylashadi.
"Bu loyiha Xitoy tomonidan fazoviy nurlanish sohasidagi tadqiqotlarda muhim o‘rin egallaydi", - deya ta’kidlaydi mahalliy tahlilchilar.
Olimlarnig qayd etishicha, alohida e’tibor relikt (qadim zamondan qolgan) nurlanishga qaratiladi, u koinotda avvaldan bor bo‘lib, asta-sekin uni to‘ldirib bormoqda. 1965 yilda uning borligi tajriba yordamida isbotlandi. Relikt nurlanish Katta portlashning asosiy isbotlaridan biri sifatida ko‘riladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi