10:30 / 16.03.2017
8 749

Olimlar «Titanik» qoldiqlari 20 yildan so‘ng yo‘q bo‘lib ketishini aytdi

Olimlar «Titanik» qoldiqlari 20 yildan so‘ng yo‘q bo‘lib ketishini aytdi

1912 yilda cho‘kib ketgan afsonaviy «Titanik» kemasi okean tubida qolib ketaveradi: dastlab halokatning aniq joyi ma’lum emasdi, keyin esa kema qoldiqlarining holati yomonlashayotgani aniqlandi. National Geographic'ga tayanib Daryo yozishicha, bugungi kunda olimlar «Titanik»ka 20 yildan uzoq vaqt bermayapti.

Kemaning bo‘laklari 3750 metr chuqurlikka cho‘kib ketgan edi. Laynerning ikkita asosiy bo‘laklaridan tashqari, o‘n minglab maydaroq qismlar esa 4,8×8 km maydondagi okean tubiga sochilib ketgan edi.

Suvdan minglab artefaktlar chiqarib olindi, ammo yirik bo‘laklarni suv tubidan ko‘tarib chiqarish iloji bo‘lmadi. 1991 yildayoq kema bo‘laklarini o‘rganayotib, olimlar ular mikroorganizmlar hayot faoliyati mahsulotlaridan iborat qatlam bilan va ko‘p qavatli zang bilan qoplanganligini aniqlagan edi, uning qalinligi esa doimiy ravishda ortib bormoqda.

Kema korpusi va uning atrofida 24 xil turdagi umurtqasiz hayvonlar va 4 turdagi baliq yashaydi, shularning 12 turi metall va yog‘och konstruksiyalarni faollik bilan emirib bormoqda. Eng asosiy dushman esa bungacha fanga noma’lum bo‘lgan va layner sharafiga nomlangan Halomonas titanicae bakteriyasi bo‘lib chiqdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar «Titanik» qoldiqlari 20 yildan so‘ng yo‘q bo‘lib ketishini aytdi