Xitoy o‘z armiyasini 200 ming kishiga qisqartirmoqchi. Bu haqda South China Morning Post nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Avvalroq Xitoy raisi Si Szinpin Xitoy 2017 yil oxirigacha qurolli kuchlarini nojangovar tarkib hisobidan 300 ming kishiga qisqartirishini aytgandi. Qisqartirish Si Szinpin ma’lum qilgan reja bo‘yicha o‘tkaziladi. Ma’lum qilinishicha, 18 ta armiya korpusidan 5 tasi tugatiladi. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, shaxsiy tarkibning bir qismi harbiy-havo kuchlari, harbiy-dengiz kuchlari va raketa qo‘shinlariga o‘tkaziladi.
Avvalroq Xitoy eng muhim dengiz yo‘llarini himoya qilish maqsadida dengiz piyoda qo‘shinlari sonini oshirmoqchiligi ma’lum qilingan. Shuningdek, harbiy kontingentning bir qismi Afrika shoxidagi Jibuti davlatida va Pokistonning janubidagi Gvadar viloyatida joylashtirilishi aytilgandi. Harbiy manbalarning ma’lum qilishicha, ikkita brigada dengiz piyoda qo‘shinlari tarkibiga o‘tkazib bo‘lingan va shundan keyin ushbu qo‘shinlardagi harbiylar soni deyarli ikki barobarga oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»