date

Eronda halok bo‘lgan yuqori martabali amaldorlar soni oshdi

Eronda halok bo‘lgan yuqori martabali amaldorlar soni oshdi

Eron davlat televideniyesi xabar berishicha, Eronda yuqori lavozimda ishlab kelgan yetti nafar amaldor halok bo‘lgan.

Ma’lumotga ko‘ra, qurbonlar quyidagilar:

1. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor — Muhammad Pakpur;

2. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi havo-kosmik kuchlari qo‘mondoni — Amir Ali Hojizoda;

3. Qurolli kuchlar Bosh shtabi rahbarlaridan biri, oliy rahbar maslahatchisi — Ali Shamxoniy;

4. Xavfsizlik yo‘nalishidagi yuqori lavozimli amaldor — Husayn Salami;

5. Havo mudofaasi kuchlari qo‘mondoni — Hasan Jaloliy;

6. Mudofaa innovatsiyalari tashkiloti rahbari — Muhsin Faxrizoda;

7. Shuningdek, “al-Anbiya” shtabi razvedka boshqarmasi rahbari (ismi rasman ochiqlanmagan

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil va AQSH tomonidan amalga oshirilgan hujumlar oqibatida Eron hududida jami 201 nafar inson halok bo‘lgan, yana 747 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Xabarlarda aytilishicha, Tehron shahriga qilingan raketa zarbalari chog‘ida Eron oliy rahbari — Ali Xamonaiyning kuyovi, kelini, shuningdek, qizi va nabirasi ham halok bo‘lgan.

Ayni paytda Eron hukumati chaqiruvi bilan ko‘chalarga chiqqan minglab fuqarolar “Isroil va Amerikaga o‘lim” degan shiorlar bilan namoyish o‘tkazmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eronda halok bo‘lgan yuqori martabali amaldorlar soni oshdi