
Rex Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti Avstraliyaning Dabbo shahri aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirishiga to‘g‘ri keldi. Samolyotning qo‘nishiga uning dvigatellaridan birining buzilib qolishi sabab bo‘ldi. Bu haqda ABC telekanaliga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Dabbodan Sidneyga uchayotgan samolyotda 26 yo‘lovchi bo‘lgan. Ekipaj a’zolari va yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan.
Ushbu holat yuzasidan mamlakatning fuqarolik aviasiyasidagi xavfsizlik boshqarmasi tergov boshlagan.
Xuddi shunday voqea shu kompaniyaning samolyoti bilan o‘tgan haftada ham sodir bo‘lgandi. Samolyot parvoz vaqtida parraklaridan birisiz qolgandan keyin shoshilinch qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar