date

Eronning arzon droni AQSHning milliardlik radarini ishdan chiqardi

Eronning arzon droni AQSHning milliardlik radarini ishdan chiqardi

Gorizont Telegram kanali xabar berishicha, Eron tomonidan amalga oshirilgan zarba natijasida Qatarda joylashgan AQSHga tegishli strategik radar tizimi ishdan chiqqan.

Ma’lum qilinishicha, Al-Udeid aviabazasi hududida joylashgan, qiymati taxminan 1 milliard dollar bo‘lgan AN/FPS-132 rusumli radarga haqiqatan ham zarba berilgan. Ushbu harbiy obyekt Qatar hududida joylashgan bo‘lib, AQSH raketa mudofaasi tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi.

Aytilishicha, mazkur radar majmuasi Yevropadan tortib Hind okeanigacha bo‘lgan ulkan hududni nazorat qila oladi. Manbalarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha bunday turdagi radarlar jami oltita bo‘lib, ular AQSHdan tashqari Buyuk Britaniya hamda Grenlandiya hududlarida ham o‘rnatilgan.

Al-Udeid aviabazasidagi stansiyaning texnik salohiyati juda yuqori bo‘lib, u hatto Rossiya hududidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan raketa uchirilishlarini ham 5 ming kilometrdan ortiq masofada aniqlash imkoniga ega.

Shu bois, mutaxassislar ta’kidlashicha, Eron hududidan uchirilgan raketa yoki dronlarni kuzatish mazkur tizim uchun oddiy vazifa hisoblangan. Biroq arzon dron orqali aynan shunday yuqori texnologiyali radarga zarba berilgani hodisaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eronning arzon droni AQSHning milliardlik radarini ishdan chiqardi