Dubay xalqaro aeroporti har daqiqada 1 million dollar yo‘qotmoqda

Bloomberg agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Dubay xalqaro aeroporti faoliyati to‘xtab qolgan har bir daqiqa davomida taxminan 1 million dollar atrofida iqtisodiy yo‘qotish kuzatilishi mumkin.
Nashr qayd etishicha, mintaqadagi keskin vaziyat fonida United Arab Emirates va Qatar rasmiylari AQSHni Eronga nisbatan harbiy harakatlarni to‘xtatishga va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishga faol tarzda chaqirmoqda.
Manbaga ko‘ra, havo qatnovidagi ehtimoliy cheklovlar va xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi nafaqat aviasohani, balki mintaqaning logistika, turizm hamda xalqaro savdo tarmoqlarini ham jiddiy qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin.
Shu bilan birga, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Qatar hududiga qaratilgan dron hujumidan keyin mamlakatda joylashgan dunyodagi eng yirik eksport infratuzilmalaridan birida tabiiy gaz ishlab chiqarish vaqtincha to‘xtatilgan. Bu esa global energiya bozorida ham qo‘shimcha xavotirlarni keltirib chiqarayotgani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!