Larijani: Tramp jazosiz qolmaydi — tahdidli bayonot

Eronning taniqli siyosiy arboblaridan biri, sobiq parlament spikeri Ali Larijani keskin bayonot bilan chiqish qildi. Uning ta’kidlashicha, AQSH prezidenti Donald Tramp amalga oshirgan siyosiy qarorlar va harakatlar javobsiz qolmasligi kerak.
Larijaniga ko‘ra, Trampning siyosatlari natijasida Eron rahbariyati va xalqining hayotiga xavf tug‘dirilgan. Shu bois u bunday harakatlar uchun jazo bo‘lishi shartligini alohida ta’kidladi.
“Tramp jazolanishi kerak. U bizning yetakchimiz va xalqimizni o‘ldirdi. Biz buni javobsiz qoldirmaymiz”, — dedi Larijani.
Siyosatchining fikricha, amerikaliklar G‘arbiy Osiyo mintaqasini yetarlicha tushunmaydi. Ularning ayrim siyosiy rejalari boshqa davlatlarda qo‘llangan usullarni shu hududda ham takrorlash mumkin, degan xato qarashga asoslangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!