12:31 / 25.03.2017
7 099

Shimoliy Koreya AQShga yadro hujumi bilan tahdid qildi

Shimoliy Koreya AQShga yadro hujumi bilan tahdid qildi
Qo‘shma Shtatlarning KXDRga ogohlantiruvchi zarba berish bo‘yicha harakati “halokatli oqibatlarga olib keladi”. Bu haqda Shimoliy Koreya tinchlik uchun milliy qo‘mitasi vakili bayonotida aytiladi, u “Nodon sinmun” gazetasida e’lon qilindi, deb yozadi Kun.uz nashri.

U AQShdan “KXDRga qarshi yo‘naltirilgan harbiy harakatlarni to‘xtatish va Koreya yarim oroli hamda uning atrofida joylashgan yadro vositalarini darhol olib chiqib ketishni talab qildi”.

“AQSh aql bilan ish ko‘rgani ma’qul hamda halokatli oqibatlar haqida o‘ylab ko‘rishi kerak”, - deya ta’kidlab o‘tgan qo‘mita vakili. Uning shuningdek ogohlantirishicha, “bunday harakatlar bo‘yicha hattoki kichik urinishlar payqalsa ham Pxenyan tajovuzkorlar va fitnachilarning barcha bazalariga yadro hujumi uyushtiradi”.

AQSh va Janubiy Koreya QK 13 mart kuni Key Resolve muntazam qo‘shma qo‘mondonlik-shtab mashqlarini boshlashdi. U Koreya yarim oroli hududida Amerika qo‘shinlarini favqulodda kuchaytirish imkoniyatini tekshiruvdan o‘tkazishga qaratilgan. Mashqlar 1 mart kuni start olgan Foal Eagle dala mashqlari bilan bir vaqtda o‘tkazilmoqda. Ularda barcha turdagi qo‘shinlar ishtirok etmoqda.

Foal Eagle mashqlari davomida 5015 tezkor rejasi bo‘yicha ishlanmoqda, u favqulodda vaziyatlarda KXDR raketa va yadro bazalariga zarbalar berishni nazarda tutadi. Tomonlar shuningdek raketaga qarshi mudofaa sohasida ham mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya AQShga yadro hujumi bilan tahdid qildi