
Londonning Inslington tumanida haydovchi odamlarga borib urildi. Voqea joyiga polisiya kuchlari tortilgan. Voqea oqibatida kamida 4 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Bu voqea Britaniya parlamenti binosiga olib boruvchi Vestminster ko‘prigida terrorchi tomondan odamlar avtomobilda bosib ketilgandan 3 kun o‘tib yuz berdi. Biroq polisiya hozircha xulosa chiqarishga shoshmayapti. U erda aytishilicha, bu ikkinchi terakt bo‘lgani haqida gapirishga ertalik qiladi. Ehtimol, oddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mashina haydovchisi hibsga olingan. U ataylab odamlarni bosgani yoki boshqaruvni qo‘ldan chiqargani aniqlashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22 martdagi fojiada Xolid Masud ismli terrorchi odamlarni mashinada bosib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgandi, 50 ga yaqin kishi jarohat olgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar