date

Tramp ma’muriyati Eronga qarshi urushda katta harbiy zaxira sarfladi

Tramp ma’muriyati Eronga qarshi urushda katta harbiy zaxira sarfladi
Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatining Donald Tramp davrida Eronga qarshi boshlangan harbiy amaliyotlarda strategik ahamiyatga ega qurol-yarog‘ va zaruriy zaxiralardan katta miqdorda foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Financial Times nashri o‘z manbasiga tayanib xabar berdi. Xabarda uzoq masofaga uchuvchi “Tomahawk” raketalari ham alohida ta’kidlangan.
Strategik va xalqaro tahlillar markazi (CSIS) hisob-kitoblariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urushning dastlabki 100 soati mobaynida AQSH 168 ta Tomahawk turkumli raketalarni ishlatgan. Nashrga ko‘ra, bu miqdor «juda katta» bo‘lib, ularning zaxirasini qayta to‘ldirish uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi.
Pentagon esa yaqin kunlarda Oq uy va Kongressga 50 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha harbiy moliyalashtirish uchun rasmiy so‘rov yuborishni rejalashtirmoqda. Muruvvat qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Eronga qarshi urushning dastlabki olti kunidagi xarajatlarni kamida 11,3 milliard dollarga baholagan.
Shuningdek, Reuters agentligi 11-mart kuni Kongressdagi yopiq brifingda ham aynan shu raqamlar ko‘rsatilganini ma’lum qildi. Bu ham AQSHning harbiy harakatlariga sarflangan mablag‘ning kattaligini ochiq ko‘rsatadi.
Ushbu urush davomida AQSH Patriot tizimlari uchun ham katta miqdorda raketa ishlatgan. 9-mart kuni The New York Times e’lon qildiki, Ukraina Rossiyaga qarshi urush boshidan buyon Patriot raketalaridan 600 ga yaqinini olgan, Amerika esa Eronga qarshi bir hafta mobaynida 800 ta raketa ishlatgan.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt 12-mart kuni, prezident Tramp tomonidan belgilangan «maqsadlarga erishish» uchun Amerika qurolli kuchlari zaruriy harbiy zaxira va qurol-yarog‘ga egaligini ta’kidladi.
Shu tariqa, AQSHning harbiy harakatlari nafaqat strategik maqsadlarga, balki mintaqa xavfsizligi va global balansni saqlashga ham qaratilgan bo‘ldi. Mutahassislar esa, bu turdagi katta harbiy sarflar va zaxiralar rejalashtirilmagan holda tez sarflanishi mamlakatning kelajakdagi harbiy imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp ma’muriyati Eronga qarshi urushda katta harbiy zaxira sarfladi