Tramp: Eronda kamikadze dengiz dronlari yo‘q

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron ixtiyorida kamikadze turidagi dengiz dronlari mavjudligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, bu kabi qurilmalar haqida tarqalayotgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va ular, ehtimol, sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan soxta materiallar bo‘lishi mumkin.
Donald Tramp bu haqda shunday dedi: «Kamikadze dengiz dronlari mavjud emas — ular haqiqiy emas, sun’iy intellekt orqali yaratilgan. Agar bunday qurilmalar haqiqatan ham bo‘lganida, biz ularni boshqa kemalar kabi yo‘q qilgan bo‘lar edik. Shu sababli ham ularni hech kim ko‘rmagan».
AQSH rahbariga ko‘ra, Eronga tegishli kamikadze dengiz dronlari haqidagi xabarlar hozircha ishonchli dalillar bilan tasdiqlanmagan. U bu kabi ma’lumotlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarurligini ham ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!