Kolumbiyada harbiy C-130 samolyoti halokatga uchradi

Daniel Ortiz / AFP via Getty Image
Kolumbiyada Lockheed C-130 Hercules rusumli harbiy-transport samolyoti halokatga uchradi, u Milliy armiya xizmatchilari va ekipaj a’zolari bilan xizmat vazifasini bajargan. Hodisa Putumayo regionining Puerto-Legisamo munitsipalitetida sodir bo‘lgan: samolyot aeroportdan ikki kilometr masofada havoga ko‘tarilgandan so‘ng qulab tushdi.
Mamlakat harbiy-havo kuchlari boshlig‘i Karlos Fernando Silva Ruedaning ma’lum qilishicha, bortda jami 114 yo‘lovchi va ekipajning 11 a’zosi bor edi. Qidiruv-qutqaruv ishlari shiddat bilan olib borilmoqda, hozirga qadar 48 kishi omon qolgan, qolganlarning taqdiri noma’lum.
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro ijtimoiy tarmoqda 77 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga olib kelinganini, 43 kishi hali topilmaganini ma’lum qildi. Putumayo gubernatori kamida 34 kishi halok bo‘lganini bildirgan, AFP agentligi esa qurbonlar soni 66 kishiga yetganini xabar qilgan: ularning 58 nafari askarlar, 6 nafari harbiy-havo kuchlari a’zolari va 2 nafari politsiyachilardan iborat.
Puerto-Legisamodagi Kolumbiya harbiy-dengiz floti bazasi tezda voqea joyiga yetib borib, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. El Heraldo nashri qayd etishicha, samolyot AQSH tomonidan Kolumbiyaga sovg‘a qilingan va 2020 yilda mamlakatga olib kelingan.
Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda, qutqaruv ishlari va tahlillar davom ettirilmoqda, mamlakat aholisi va harbiy xizmatchilar xavfsizligini ta’minlash uchun tegishli choralar ko‘rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!