
Qozog‘istonning Atirau shahrida tug‘ilgan bolaga mashhur fransuz futbolchisining sharafiga Zayniddin Zidan deb ism qo‘yildi, deb yozmoqda “Darakchi” nashri.
Chaqaloqning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va beshik to‘yi aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Atirau fuqarolik holatlarini qayd etish bo‘limi mazkur faktni tasdiqladi. “Haqiqatan ham fevral oyida shunday ismli bola dunyoga keldi. Zidan ism, Zayniddin esa familiyadir. Bu oddiy qozoqcha ism bo‘lgani tufayli biz unga katta e’tibor qaratmadik”, - deb ma’lumot berdi FHDYo bo‘limi xodimlaridan biri. Ammo mashhur futbolchining ismi Zayniddin, familiyasi esa Zidandir.
Bolaning yaqinlari fransuz futbolchisining ixlosmandi ekanliklari tufayli mazkur ismni tanlashganini ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing