Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda AQSh sobiq davlat kotibi, AQSh prezidenti saylovlarida Donald Trampga yengilgan Hillari Klintonning sharqona libosdagi kiyimda tushgan surati mashhur bo‘lmoqda.
Tarmoq foydalanuvchilarining bir qismi uni bu kiyimda tanimayotganini aytsa, boshqalar fotoshop yordamida tayyorlangan surat ekanini bildirishmoqda.
Ammo ishonch bilan aytish mumkinki, bu tabiiy fotosurat, fotoshop hosilasi emas!
Surat 2015 yilning so‘ngida olingan. Hillari kashta bilan bezatilgan ushbu afg‘on kaftanini Manxettendagi tadbir davomida kiygandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hillari ushbu libosni 2003 yili Afg‘onistonda xarid qilgan va 2009 yili Afg‘onistonga bo‘lgan rasmiy tashrifi chog‘ida kiygan.
O‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq vakillari Hillari Klintonning bu ko‘rinishidan hayratlanayotgan bir vaqtda, chet el ommaviy vositalari uning bu libosidan hayron qolmaganini bildirishgan. Chunki Hillari har doim yangicha, hech kimning xayoliga kelmagan uslubda kiyinishni xush ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi