date

Trampning tahdidlariga Eron qo‘riqchilari korpusi qo‘mondonidan javob...

Trampning tahdidlariga Eron qo‘riqchilari korpusi qo‘mondonidan javob...

AQSH prezidenti Donald Trampning Eronni "tosh davriga qaytaraman" degan tahdidiga javob Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) koinot-havo kuchlari qo‘mondoni Majid Musaviy tomonidan berildi. U amerikalik rahbarning nutqini keskin tanqid qilib, “Siz Eronni tosh davriga uloqtirmoqchisiz, ammo aslida o‘z askarlaringizni go‘rga yetaklayapsiz. Hollivud filmlari ongingizni shuncha zaharlaganki, 250 yillik qimmatsiz tarixingiz bilan 6000 yillik boy sivilizatsiyaga tahdid qilayapsiz”, — deb yozdi.

Shuningdek, Eron prezidenti maʼmuriyatining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Mehdi Tabatabaiy ham bu tahdidni inkor qilib, “Eron va tosh davrini ming yillar ajratib turibdi. Agar gap tosh davriga qaytish haqida ketayotgan bo‘lsa, ular bu masalada marra chizig‘iga ancha yaqin”, — dedi.

Eslatib o‘tsak, Tramp amerikaliklarga murojaatida Eronni elektrsiz qoldirish orqali mamlakatni “tosh davriga” uloqtirishini va bu ish amalga oshmasa barcha elektr stansiyalariga katta zarba berilishini taʼkidlagan edi.

Mazkur voqea ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy va strategik ziddiyatlarni yana-da ochiq ko‘rsatmoqda va Xalqaro hamjamiyat uchun jiddiy signal hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Trampning tahdidlariga Eron qo‘riqchilari korpusi qo‘mondonidan javob...