date

Koreya shaharchasida 17 yil mobaynida ilk bor chaqaloq tug‘ildi

Koreya shaharchasida 17 yil mobaynida ilk bor chaqaloq tug‘ildi

Janubiy Koreyaning kichik bir shaharchasida so‘nggi 17 yil mobaynida birinchi marta bola dunyoga keldi. Bu haqda “Good News Network” xabar berdi.

Qayd etilishicha, gap Xonson uyezdidagi Inha-myon tumani haqida bormoqda. U yerda joriy yilning 19 mart kuni mahalliy aholi hamda Kambodjadan kelgan immigrant ayol oilasida o‘g‘il bola tug‘ildi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq sharafiga markaziy ko‘chada hatto tabrik banneri ham o‘rnatildi.

Mahalliy hokimiyat bu voqeani, so‘nggi yillarda aholisi keskin kamayib ketgan (2600 kishidan 2000 kishigacha) shahar uchun “maxsus sovg‘a” deb baholadi.

Shu bilan birga, aholi yana bir ijobiy alomatni qayd etdi: hududdagi yagona maktabga to‘rt nafar yangi o‘quvchi qabul qilingan va shu bilan o‘quvchilarning umumiy soni 17 nafarga yetdi.

Shahar hokimi oilalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish niyatida ekanligini ta’kidlab, tuman yashash uchun yanada jozibador va mehmonlarga qulay bo‘lishini eslatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Koreya shaharchasida 17 yil mobaynida ilk bor chaqaloq tug‘ildi