09:45 / 04.04.2017
5 856

Kolumbiyada favqulodda holat e’lon qilindi

Kolumbiyada favqulodda holat e’lon qilindi
Kolumbiya hukumati ijtimoiy, iqtisodiy va ekologiya sohalarida favqulodda holat e’lon qilish haqida qaror qabul qildi. Bu 260 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan kuchli suv toshqinlari tufayli yuz bergan. Bu haqda mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos xabariga tayanib Kun.uz yozmoqda.

"Vazirlar kengashida qator qarorlarni qabul qildik. Avvalambor, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologiya sohalarida, byudjetga o‘zgartirish kiritish va mablag‘larni qayta taqsimlash, shuningdek tabiiy ofat oqibatlari bilan kurash uchun barcha kerakli choralarni qabul qilish maqsadida favqulodda holat e’lon qilish", - deya aytib o‘tdi u televidenie orqali murojaatida.

Santosning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek xavf-xatarlarni boshqarish bo‘yicha idoralararo jamg‘armadan 14 million dollar ham o‘tkaziladi. Bundan tashqari, davlat rahbari tabiiy ofat tufayli katta zarar ko‘rgan Mokoa shahrida yangi kasalxona va suv quvuri qurilishi haqida xabar bergan.

Prezidentning qayd etishicha, yaqin soatlar ichida sog‘liqni saqlash, mudofaa va uy-joy qurilishi vazirlari bilan tabiiy ofat yuz bergan hududga boradi.

Avvalroq Kolumbiyadagi suv toshqinlari qurbonlari soni 250 nafardan oshgani haqida xabar bergandik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiyada favqulodda holat e’lon qilindi