Ekvador saylov kengashi Lenin Moreno prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Ekvador saylov kengashi Lenin Moreno prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi
Ekvador milliy saylov kengashi rahbari Xuan Pablo Poso mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining yakuniy natijalarini ma’lum qildi. Bu haqda «Kommersant’»ga asoslanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.
Ekvador saylov kengashi Lenin Moreno prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi
Posoga ko‘ra, saylovning ikkinchi bosqichida «Mamlakat alyansi» so‘l blokidan nomzod, sobiq vitse-prezident Lenin Moreno g‘olib chiqdi.

Moreno saylovchilarning 51,16 foizi, muxolifatdagi CREO harakati vakili Gilyermo Lasso esa 48,84 foiz ovozini to‘pladi.

Dastlabki natijalar e’lon qilinganidan so‘ng mamlakatning Kito, Esmeraldas, Ibarre va Asoges mintaqalarida tartibsizliklar boshlandi. Gilyermo Lasso rasmiylarni saylov natijalarini soxtalashtirishda aybladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar