Erdo‘g‘on AQShning Suriyaga bergan zarbasini etarli darajada kuchli emas dedi

Erdo‘g‘on AQShning Suriyaga bergan zarbasini etarli darajada kuchli emas dedi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh qurolli kuchlarining Suriya aviabazalariga hujumini ma’qulladi, biroq bu «Suriya xalqi himoyasi» uchun etarli emasligini ta’kidladi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga asoslanib "Daryo.uz" xabar berdi.

«Biz prezident Bashar Asad tuzumi harbiy jinoyatlariga qarshi yo‘naltirilgan Pentagonning Xoms viloyatiga bergan zarbasini ijobiy qadam deb hisoblaymiz. Shuning o‘zi etarlimi? Biz bunday o‘ylamaymiz. Suriyaning begunoh xalqi himoyasi uchun jiddiy choralar ko‘rish vaqti keldi», — dedi Turkiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 7 aprelga o‘tar kechasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining O‘rtaer dengizidagi ikki kemasi — USS Porter va USS Ross esmineslaridan Suriyaning Xoms viloyatidagi aerodrom tomon 59 ta «Tomagavk» qanotli raketalarini uchirgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar